Qatar. Sanjar Tursunovning goli jamoasiga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2017, 10:25
Qatar Yulduzlar ligasida kecha 9-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

"Al Xaritiyat" o'z uyida "Al Ahli" klubini qabul qilib 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona golni hamyurtimiz Sanjar Tursunov urgani quvonarli holat. Klub 9ta o'yindan so'ng 9 ochko to'plab musobaqa jadvalining 7-pog'onasida bormoqda.


Qatar Yulduzlar ligasi. Musobaqa jadvali

"Al Xaritiyat" - "Al Ahli" 1:0
Gol: 
Sanjar Tursunov 69


"Al Sayliya" esa bu turda safarda "Al Xor" mehmoni bo'lib yutqazib qo'ydi. Bu o'yinda Temurxo'ja Abduxoliqov to'liq o'ynadi. "Al Sayliya" 36-daqiqadan boshlab 10 kishi bo'lib qoldi. Jamoa 9ta turdan so'ng 18 ochko bilan musobaqa jadvalining 4-o'rinini egallab turibdi.

"Al Xor" - "Al Sayliya" 1:0
Gol: 
Surush Rafei 84
Chetlatish: Majdi Siddiq 36



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia