Qatar JCH-2022 inshootlarida muhojir ishchilarining sharoitlarini yoritgan ikki jurnalistni 32 soatga hibsga oldi

Aslanov Jasurbek
24 noya 2021, 19:28
Norvegiya radioeshittirish korporaciyasining (NRK) ikki jurnalisti Qatarda mamlakatni tark etayotib hibsga olindi.

Xalvor Ekeland (muxbir) va Lokman Gorbani (fotosuratchi) 2022 yilgi jahon chempionati inshootlari qurilishida ishtirok etayotgan muhojir ishchilarining mehnat va yashash sharoitlarini yorituvchi material tayyorlash vazifasini oldilar.

Norvegiyalik jurnalistlar ishchilar bilan, shuningdek, mahalliy rejimni tanqid qiluvchilardan biri bilan suhbatlashdi. Bundan tashqari, ular JCH-2022 uchun mas'ul xodimdan intervyu olishdi.

Jurnalistlar yakshanbadan dushanbaga o'tar kechasi taxminan yarim tunda hibsga olingan va seshanba kuni ertalab qo'yib yuborilgan. Hozirda 32 soat hibsda bo'lgan ikkala xodim Norvegiyaga qaytishgan.

Jurnalistlardan telefonlar, kompyuterlar, fotoapparat va suratga olingan materiallar tortib olingan.

Qatar rasmiylari jurnalistlar xususiy hududga noqonuniy raqishda kirganliklari va ruxsatsiz suratga tushirishgani uchun hibsga olinganini aytdi.

NRK bosh direktori Tor Germund Eriksen vaziyat haqida shunday dedi: "Ommaviy axborot vositalarini dunyodagi eng yirik sport tadbirlaridan birida erkin va mustaqil jurnalistika bilan shug'ullanishiga to'sqinlik qilib bo'lmaydi. Bu masalani FIFA bilan qanday hal qilish to'g'risida o'ylab ko'ramiz".

Norvegiyaning "Verdens Gang" gazetasi FIFAdan vaziyat bo'yicha izoh so'ragan, ammo hech qanday javob ololmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Verdens Gang