Qatar chempionati boshlandi: "Navbahor"ning raqibida g'alaba, OKMK raqibi esa durang o'ynadi

Aziz Tukhtamuradov
17 avg 2023, 07:34
Qatar yulduzlar ligasida yangi mavsum start oldi.

O'zbek klublariga Osiyo chempionlar ligasining 2-saralash bosqichida aynan Qatar klublari raqiblik qilishadi. 

Guruh bosqichiga chiqish uchun "Navbahor"ga qarshi o'ynaydigan "Al Vakra" 1-turda "Muaiter"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. OKMKga raqib bo'ladigan "Al Arabi" esa "Al Shamal" bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. 

Qatar yulduzlar ligasi

16 avgust

1-tur

"Al Vakra" - "Muaiter" 3:0

Gollar: Benettu 45, Assal 45+3, Assal 72.



"Al Arabi" - "Al Shamal" 1:1

Gollar: Nani M. (avtogol) 29, Olvan 90+2.


Eslatib o'tamiz, 22 avgust kungi OCHL saralash o'yinida ikki klubimiz aynan Qatar jamoalari mehmoni bo'ladi: 

OCHL saralashi, 2-bosqich

20:30 - "Al Vakra" - "Navbahor" 

22:30 - "Al Arabi" - OKMK

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com