Qatar. Abduxoliqov gol urdi, Shoahmedovdan golli uzatma

Narzulla Saydullayev
18 fev 2017, 10:51
Qatar Yulduzlar ligasida 21-turdan o'rin olgan navbatdagi bahs bo'lib o'tdi.

"Al Sayliya" safarda "Al Ahli" mehmoni bo'lib 2:1 hisobida g'alaba qozondi. 45-daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqov hisobni ochdi. Abduxoliqov to'liq o'ynadi, Sanjar Shoahmedov esa 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va Lazarning goliga pas oshirdi. 

"Al Sayliya" ushbu g'alabadan so'ng 23 ochko bilan musobaqa jadvalining 9-pog'onasida bormoqda.


Qatar Yulduzlar ligasi
"Al Ahli" - "Al Sayliya" 1:2
Gollar
: Ali Faridun 82 - Temurxo'ja Abduxoliqov 45, Lazar 90


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia