Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev "Arsenal" muxlisimi?

Narzulla Saydullayev
9 fev 2020, 18:28
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzaevning "Arsenal" klubi logotipi tushurilgan qishki kiyimda tushgan surati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e'tiborini tortdi.

Xo'sh, Zoyir Mirzaev Londonning "Arsenal" klubi muxlisimi? Championat.asia muxbiri Nomoz Chorievning ma'lum qilishicha viloyat hokimi haqiqatdan ham APL o'yinlarini kuzatib boradi va "Arsenal"ning muxlisi hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Zoyir Mirzaev yil boshida Qarshining "Nasaf" klubini to'liq qo'llab-quvvatlashini va jamoaga legioner olishda ko'maklashishini ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia