Qashqadaryo viloyati futbol mahorat maktabining yosh sportchi-o'quvchilari ishtirokida ziyorat turizmi tashkil etildi

Alisher
17 avg 2021, 10:05
Futbolimiz kelajagi bo'lgan yoshlar ishtirokida ziyorat turizmi tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyati futbol mahorat maktabining yosh sportchi-o'quvchilari ham Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik" shiori ostida Qarshi tumanidagi “Abu Muin Nasafiy” ziyoratgohiga sayoxat qilishdi.

Bu yerda yoshlar, o'tmishda yashab o'tgan buyuk ajdodlarimizning qoldirgan boy ilmiy va manaviy meroslarini o'rganish barobarida mustaqillik yillarida ziyoratgohda amalga oshirilgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia