Pyanich ertaga "Barselona" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi

Alisher
27 iyun 2020, 18:18
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanichning "Barselona"ga o'tishi deyarli hal bo'ldi.

30 yoshli bosniyalik futbolchi ertaga ispan klubiga qo'shilishidan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Oldinroq, "Barselona" Pyanich uchun bonuslar bilan birgalikda 60 mln evro, "Yuventus" esa Artur uchun 70+5 million evro miqdorida pul to'lashi ma'lum bo'lgan edi.

Braziliyalik o'yinchi ham dam olish kunlarida "Yuve" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Eslatib o'tamiz, Pyanich "Yuventus"dan 2016 yildan beri o'ynab keladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com