Pyanich APL jamoasiga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
2 iyul 2021, 01:27
"Barselona" futbolchisi Miralem Pyanich "Tottenxem" qiziqishlari doirasida.

"Sport.es" xabariga ko'ra, "shporlar" xavbekni bir mavsumga ijaraga olmoqchi. Ammo ayni damda Kataloniya klubiga futbolchini sotib olish borasida 3 klubdan taklif tushgan.

Pyanich "Barselona"da ko'p ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Shu boisdan klub 31 yoshli futbolchining sotib yuborilishini o'ylamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es