Puyol: "Real" ikki marta meni xarid qilishga uringan"

Aslanov Jasurbek
1 avg 2019
"Barselona" sobiq sardori Karles Puyolning takidlashicha, "Real" uni sotib olishga harakat qilgan ekan.

"Real" meni ikki marta xarid qilishga uringan, ammo men dunyoning eng yaxshi klubida edim.

Sovrinlarni "Barselona" bilan yutmoqchi edim, shu sababli jamoada qolganman. "Qirollik klubi"ning ilk urinishi 2001/02 mavsumda bo'lgan.

Keyin uch yildan so'ng. O'shanda Kamacho "Real" bosh murabbiyiga aylangandi va u men va Ronaldinyoni sotib olishga uringan" - deydi Puyol.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo