Puyol: "Messida hozirgi darajada o'ynash uchun yana 3-4 yil bor"

Alisher
25 dek 2020, 14:20
"Barselona" sobiq sardori Karles Puyol kataloniyaliklarning hozirgi yetakchisi Lionel Messi haqida gapirdi.

"Hozir u 33 yoshda va o'zi uchun qayg'urmoqda. U motivaciyaga ega va g'ayratga to'la, o'ylaymanki, u hozirgi darajasida o'ynash uchun yana 3-4 yilga ega.

Albatta, bunday salohiyat uchun iqtidor kerak, ammo shuningdek mehnat, fidoyilik, o'rganish istagi va har kuni yangi chaqiriqlarni izlash motivaciyasi talab etiladi. Leo boshidan juda yaxshi o'yinchi ekanligini ko'rsatdi, hatto uning muvaffaqiyatiga eng ko'p ishonganlar ham uning bunday bo'lishini tasavvur qila olishmagan", - deydi Puyol.

Messi 10 bor Ispaniya chempioni va 7 bor La liga to'purari bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal