Putin Rossiya - Ispaniya uchrashuvini tomosha qiladimi?

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2018, 16:39
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ispaniyaga qarshi JCH-2018 1/8 final bahsida Rossiyaga muxlislik qilishini aytdi.

Biroq hozircha u stadionga borish yoki bormaslik borasida bir qarorga kelgani yo'q.

"Uchrashuvni ko'rishim va muxlislik qilishim aniq. Biroq stadionga boramanmi yoki yo'qmi, bilmayman" - deydi Putin.

Rossiya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 1 iyul kuni "Lujniki" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТАСС