Purishkin bilan Abduxoliqov “Oq-Tepa”da

Narzulla Saydullayev
17 mar 2019, 18:54
Toshkentning “Oq-Tepa” jamoasi joriy mavsum PRO-Ligada ishtirok etish ilinjida astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda.

Shu bois jamoa tarkibi PRO-Liga toifasida mahoratli bo'lgan futbolchilar hisobiga kuchaytirib borilayotganini ko'rish mumkin. Sarvar Safarov, Murod To'ychiboev, Alisher Mirzaev shular jumalasidandir. Yaroslav Krushelnickiy bosh murabbiyligidagi jamoa safiga yaqinda yana ikki nafar tajribali hujumchi kelib qo'shilganini aytish lozim. Bular - o'tgan yili avvaliga “Metallurg” keyinchalik esa “Dinamo” tarkibida to'p surgan Pavel Purishkin va sobiq “Nurafshon” (Toshkent viloyati) jamoasining to'purar hujumchisi Orifxo'ja Abduxoliqovdir. Hozirda Toshkent shahrida o'tkazilayotgan PFL Kubogida ushbu futbolchilar “Oq-Tepa” sharafini himoya qilib bormoqda.

Ma'lumot uchun "Oq-Tepa" PFL Kubogining yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia