Pulishich jarohat oldi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2020
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempardning aytishiga ko'ra, yarim himoyachi Kristian Pulishich jarohatlangan.

"Pulishich jarohatlangan, u yana bir necha haftani o'tkazib yuboradi. Uning son qismida qattiq shikastlanish bor. Barchamizning bundan jaxlimiz chiqqan.

Bu yo'qotish bizga og'riqli kechishi mumkin. Rodjestvo arafasida u o'zida charchoq borligini aytgandi. Shu boisdan unga bir qancha vaqtni dam olishi uchun bergandik. U juda ham qobiliyatli", - dedi Lempard.

Amerikalik futbolchi ushbu mavsum APLning 16 o'yinida 5 gol urdi va 2 assistentlik qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express