Pulis Kristal Pelasni tark etdi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2014
Kristal Pelas va murabbiy Toni Pulis o'rtasidagi shartnoma o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilindi.
Payshanba kuni Pulis va klub prezidenti Stiv Perish o'rtasida transfer siyosatiga oid suhbat bo'lib o'tdi. Pulisning kyetishiga sabab sifatida murabbiy Uilfrid Zaani MYUdan ijaraga olinishi istagan, prezident bunga qarshi chiqqani aytilmoqda.

Oldinroq murabbiy klub o'zi istagan hech bir futbolchini sotib olmaganidan noroziligini bildirgandi.

Ushbu yozda Kristal Pelas Freyzer Kempbell, Brede Xangeland, Kris Kettings va Martina Kellini sotib oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru