
Ushbu marosimda klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu, klub rahbariyati va futbolchilari, shuningdek, futbolchining do'stlari va qarindoshlari ishtirok etadilar.
Puyol kataloniyaliklar jamoasi safini tark etishi haqida mart oyida e'lon qilgan edi. Ikki yildan so'ng yakuniga yetishi zarur bo'lgan shartnoma ikki tomonning roziligiga ko'ra bekor qilinadigan bo'ldi.