PSJ va "Yuventus" yarim himoyachilarni almashishlari mumkin

Narzulla Saydullayev
29 okt 2013, 14:08
"Pari Sen-Jermen" va "Yuventus" futbolchilarini almashishlari mumkin.
Turinliklar PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattini Andrea Pirloga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda. Parij klubi esa anchadan buyon "Yuve" yarim himoyachisi Pol Pogbaga qiziqmoqda.
 
"Yuventus" Pogbani sotmoqchi emasdi, ammo "Keksa sinora" rahbariyati agar moliyaviy tomonlama yaxshi taklif bo'lsa fransiyalik futbolchidan voz kechishlari mumkinligini aytishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru