“PSJ” Konoplyankani sotib olishi mumkin

24 yanv 2014, 14:06
“PSJ” hujumchisi Jeremi Menez qishki transferlar oynasi mobaynida parijliklarni tark etish niyatidan qaytgani yo'q.

26 yoshli futbolchiga “Yuventus”, “Milan” va “Fiorentina” klublari da'vogarlik qilishmoqda.

Agar Menez haqiqatdan ham “PSJ”ni tark etsa, klub uning o'rniga “Dnepr” yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyankani olishi mumkin.

Fransiya chempionlarining skautlari bir necha oydan beri ukrainalik futbolchini kuzatib kelishmoqda.

Parijliklar Konoplyanka uchun 15-20 million evro taklif etishmoqchi, deb xabar beradi Le Parisien.


Manba: sports.ru