PSJ Anxel Di Mariyani sotib olishi mumkin
Narzulla Saydullayev
16 avg 2013, 08:37
Anxel Di Mariya "Real"dan ketmoqchi emasligini aytgandi, biroq agar Madrid klubi Garet Beylni sotib olsa, PSJ argentinalik futbolchi uchun kurashmoqchi, deb xabar bermoqda Le Parisien.
Di Mariya asosiy tarkibda o'ynab Jahon chempionatiga bormoqchi, Beyl klubga kelsa Anxel uchun asosiy tarkibdagi o'rin so'roq ostida qoladi. PSJ rahbariyati kutmoqda. "Real" Beylni sotib olsa parijliklar Di Mariyaga taklif bilan chiqishadi.