PSJ 10 kun ichida to'rtta o'yin o'tkazishga majbur bo'ladi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2015, 10:39
Fransiya futbol Federatsiyasi "Pari Sen-Jermen"ga mamlakat kubogi yarim finali doirasidagi "Sent-Eten"ga qarshi o'yinni qoldirishga ruxsat bermadi.
Shu sababli Parij klubi 10 kun ichida to'rtta o'yin o'tkazishga majbur, deb xabar bermoqda France Press nashri.

PSJ 8 aprel kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "Sent-Eten"ga qarshi bahsni qoldirishni so'radi. Sababi 5 aprelda Fransiya chempionati doirasidagi "Marsel"ga qarshi bahs kutmoqda. 11 aprelda esa Parij klubi Fransiya liga Kubogi finalida "Bastiya"ga qarshi o'ynaydi. Bundan tashqari, PSJni 14 yoki 15 aprelda YCHL 1/4 finali doirasidagi uchrashuv kutmoqda.

"Taqvimni ko'rib chiqib 19 mayga qadar bo'sh kun yo'qligi ma'lum bo'ldi. O'shanda Fransiya Kubogi finaliga 11 kun qolgan bo'ladi, - deb yoziladi FFF bayonotida. - Fransiya Kubogi finaliga bir necha hafta oldin tayyorgarlik ko'rish kerak".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net