PSV asosiy o'yinchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirdi

17 avg 2019, 09:40
PSV Stiven Bergveynni jamoada olib qoladigan bo'ldi.

Niderlandiyalik xavbek jamoasi bilan 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi. Avvalroq futbolchining “Sevilya”ga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Bergveyn hozirga qadar Niderlandiya terma jamoasida 5 ta o'yin o'tkazgan. U o'tgan mavsum Erediviziya doirasida 14 ta gol urib, 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ПСВ расмий сайти