PSJning qatarlik egalari klubdan ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
2 may 2019, 15:55
PSJning moliyaviy holati yaqin yillarda sezilarli darajada yomonlashishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Parij klubining qatarlik egalari JCH-2020dan so'ng klubni moliyalashtirishni qisqartirishlari mumkin. Shu bilan birga ular PSJni tark etishni ko'rib chiqishmoqda.

Parij klubi rahbarlari tinimsiz tanqidlardan charchashdi. Ularning fikricha, Fransiyada Qatarni ko'p tanqid qilishadi, mahalliy futbol hukumati esa ularga kerakli darajada minnatdorchilik bildirmayapti. Shu bilan birga bosslarni PSJning natijalari va mamlakatdagi soliqlar qoniqtirmayapti. Ular klubga kelganidan beri hukumat hisobiga 1 mlrd evro o'tkazib berishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get French Football News