PSJning jarohatlangan futbolchilari 12 nafarga etdi

8 noya 2020, 09:10
Parij klubi Liga 1 10-turi doirasida “Renn”ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Mazkur bahs davomida PSJ futbolchilari - Tilo Kerer, Moyze Kin, Idrissa Geye va Alessandro Florenci birin-ketin jarohat olib maydonni tark etdi.

Qayd etish joiz, avvalroq parijliklar safida quyidagi futbolchilar jarohat olib safdan chiqqandi: Kilian Mbappe, Neymar, Mauro Ikardi, Xuan Bernat, Marko Verratti, Pablo Sarabiya, Presnel Kimpembe va Yulian Draksler.

Shu tariqa Tuxel jamoasi safida jarohat olganlar soni 12 kishiga etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Express