PSJning 15 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi

Mirjalol Normatov
20 fev 2022, 10:23
PSJ chempionatning 25-turida "Nant" maydonida mag'lub bo'ldi, 1:3.

Shu orqali Parij klubining 15 o'yinlik (10 g'alaba, 5 durang) mag'lubiyatsiz seriyasi yakuniga etdi. PSJ 3 oktyabr kunidan buyon mag'lub bo'lmayotgandi. O'shanda jamoa safarda "Renn"ga 0:2 hisobida yutqazgandi.

Bu PSJning Liga 1dagi ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi. Ayni damda jamoa chempionatda 13 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia