PSJga MYU futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
18 noya 2018, 19:14
"Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Bayi PSJga o'tishi mumkin.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani uchun jamoani tark etmoqchi. "Yunayted" ustozi Joze Mourinyo ham uning ketishiga qarshilik bildirmayapti.

Ayni damda PSJ bu boradagi holatni kuzatib bormoqda va qishdayoq uni transfer qilmoqchi. Bayining xizmatlariga "Arsenal" va "Tottenxem" kabi jamoalardan qiziqishlar bor.

Bayini 2016 yilda "Vilyareal"dan aynan Mourinyo transfer qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail