PSJdan Neymar yoki Mbappe ketsa, o'rniga kim kelishi ma'lum

Aslanov Jasurbek
18 mar 2019, 23:03
AS’​nashri tarqatgan xabarga ko'ra, “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann PSJ klubining qiziqishiga sabab bo'lgan.

Agar yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida Neymar yoki Mbappe Parij klubini tark etadigan bo'lsa, u holda PSJ Grizmanni jamoaga olib kelish uchun kurashadi. O'z navbatida “matraschilar” 27 yoshli forvardni 200 mln. evroga qo'yib yuborishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, fransiyalik futbolchi joriy mavsum “Atletiko” safida 38 uchrashuvda ishtirok etib, 18ta gol va 8 golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS