

Vitinya o'z darajasi Fransiya chempionatidan yuqoriroq ligaga tortishiga ishonadi.
Futbolchining Fransiya poytaxtini tark etishni xohlayotganining yana bir sababi uning Luis Enrike bilan munosabatlari so'nggi oylarda ancha sovuqlashganida. Futbolchi va murabbiy o'rtasida kelishmovchiliklar paydo bo'ldi va oraga sovuqchilik tushdi.

Vitinya agentiga "Real"ga o'tish istagini bildirgan. "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonsoning fikricha, Madrid klubi imkon qadar tezroq Vitinyani qo'lga kiritish imkoniyatidan foydalanishi kerak. U maydon markazida o'yinni tashkil eta oladigan yarim himoyachi topishni birinchi o'ringa qo'yadi.
25 yoshli Vitinya Enrike qo'l ostida porladi va jamoaning haqiqiy yetakchisiga aylandi. Portugaliyalik futbolchi "Oltin to'p-2025" yakuniy reytingida 3-o'rinni egalladi.



