PSJ yoki “Bavariya” bu yil trebl qayd etadi

Eldor Akmurzayev
20 avg 2020, 02:00
Chempionlar Ligasi 2019/20 yilgi mavsumining hal qiluvchi bellashuvi PSJ va “Bavariya” o'rtasida bo'lib o'tadi.

Hal qiluvchi bahsda g'alaba qozongan jamoa oltin xet-trik, yani treblga erishadi. Ikkala grand ham bu mavsum ichki musobaqalarning barchasida zafar quchishgan.

Avvalroq, bunday natijaga “Seltik” (Shotlandiya, 1996/97), “Ayaks” (Niderlandiya, 1971/72), MYU (Angliya, 1998/99), “Barselona” (Ispaniya, 2008/09 va 2014/15), “Inter” (Italiya, 2009/10), shuningdek, myunxenliklar (2012/13) ham erishgandi.

Eslatib o'tamiz, final uchrashuvi 23 avgust kuni Lissabondagi "Eshtadiu da Lush" o'yingohida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia