
Afsonalar Ligasi o'yini bo'yicha besh karra Yevropa chempioni Bora Kim (YellowStar), ESWC 2015 talqiniga ko'ra kiberfutbol bo'yicha amaldagi jahon chempioni Avgust Rosenmayer (Agge) va fransiyalik iqtidorli kiberfutbolchi Lukas Kule (DaXe) milliy, Yevropa va xalqaro kibersport turnirlarida PSJ sharafini himoya qilishadi.

Bir necha kun oldin bu trio "Park de Prens"dagi matbuot-anjumanida klub bilan shartnoma tuzdi.
PSJ kibersportda ham yetakchi bo'lishga urinmoqda.
"Biz kibersportga investitciya kiritib va ikki asosiy o'yinda ishtirok etmoqchimiz. Bu qaror bilan "raqamlashtirish" loyihamizni ishga tushiramiz va klubimizning yangi muxlislari paydo bo'ladi. Bizda yaqin 3 yil uchun yana katta rejalar bor" - deydi PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi.
Bora Kim (YellowStar) klubga menejer va murabbiy sifatida taklif etildi. Bora PSJning Afsonalar Ligasi jamoasi uchun o'yinchilar tanlovi bilan shug'ullanadi. Shu bilan birga, Bora kiberfutbol tarkibiga ham javob beradi.
Avgust Rosenmayer (Agge) va Lukas Kule (DaXe) Parijda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etishadi.
Eslatib o'tamiz, 27 oktyabrdan 2 noyabrgacha o'tadigan ESWC 2016 jahon chempionatida O'zbekiston ham ishtirok etadi. Ushbu turnirdagi yagona o'zbekistonlik Muhammadamin Turg'unboev bo'ladi. U FIFA17 bo'yicha vatanimiz sharafini himoya qiladi.