PSJ yana bir katta transferni tayyorlamoqda

Alisher
14 avg 2021, 13:20
PSJ rahbariyati yozgi transfer oynasida yana bir futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Fransiya grandi hali ham "Napoli"ning senegallik himoyachisi Kalidu Kulibaliga qiziqmoqda.

Parijliklar uni jarohati sabab safdan chiqqan ispaniyalik Serxio Ramos o'rnida o'ynatishmoqchi. Ehtimoliy transfer narxi 50 million evroni tashkil etmoqda.

30 yoshli o'yinchi 2014 yildan beri Neapol klubi sharafini himoya qiladi. Uning shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport