PSJ va "Napoli" Todiboga davogar

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2023
"Nicca" himoyachisi Jan-Kler Todibo boshqa jamoaga o'tishi mumkin, deya xabar berdi "Nice-Matin".

Manbaga ko'ra, 23 yoshli fransiyalik futbolchiga PSJ, "Napoli", shuningdek, "Nyukasl", "Vest Xem" va "Aston Villa" davogarlik qilmoqda. Futbolchining o'zi hali "Nicca"ni tark etmoqchi emas.

Todibo "Nicca"da 2021 yilning yozidan buyon o'ynaydi. Bungacha fransiyalik futbolchi "Barselona"ga tegishli edi. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta sariq kartochka olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Nice-Matin