PSJ va “Inter” Mourinyoning vakillari bilan muzokara boshladi
Narzulla Saydullayev
27 okt 2015
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyoning rasmiy vakillari Fransiyaning “Pari-Sen-Jermen” hamda Italiyaning “Inter” jamoalari bilan muzokaralarni boshlashdi.
Mourinyoning o'zi PSJ variantini afzal ko'rmoqda. “Chelsi” rahbari Roman Abramovich Mourinyoga vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirish uchun 2 hafta muhlat bergandi. Agar natija o'zgarmasa, u holda portugaliyalik mutaxassis iste'foga chiqariladi.