PSJ Tyago Silva bilan xayrlashdi

27 avg 2020, 22:35
PSJ klubi rasmiy sayti jamoa himoyachisi Tyago Silva jamoadan ketishini e'lon qildi.

“Tyago jamoadagi sakkiz yillik betakror faoliyating uchun rahmat. Sen doim bizning eng yaxshi futbolchilarimizda biri bo'lib qolasan. Sen doim klubimizning bir bo'lagi va tarixi bo'lib qolasan. Katta rahmat senga, kapitan!” deya ta'kidlab o'tdi klub prezidenti Nosir Al Helaifi.

Ilgariroq braziliyalik futbolchi erkin agent sifatida Londonning “Chelsi” klbi safiga borib qo'shilganligi va inglizlar bilan 2022 yilga qadar shartnoma tuzganligi haqida xabar berilgandi.

Silva 2012 yilning iyunida “Milan”dan PSJga ko'chib o'tgandi. Futbolchining transferi 42 million evroni tashkil etgan. 2019/2020 yilgi mavsumda Silva Fransiya chempionatida 21 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: ПСЖ расмий сайти