PSJ Tuxelni qaytarish variantini ko'rib chiqmoqda

Sherzod Nurmatov
20 fev 2023, 13:17
PSJ rahbariyati Tomas Tuxelni bosh murabbiylikka qaytarish varianti haqida o'ylamoqda.

Bu haqda jurnalist Olive Tallaron xabar berdi.

49 yoshli germaniyalik mutaxassis ikki yarim mavsumni PSJda o'tkazdi. Bu davr mobaynida jamoa ikki marta Fransiya chempioni bo'ldi va o'z tarixida yagona marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi va u yerda "Bavariya"ga yutqazdi. 

Tuxel 2020 yil dekabr oyida sport direktori Leonardo bilan kelishmovchilik tufayli ishdan bo'shatilgandi.

PSJni tark etgach, Tuxel "Chelsi" boshqaruvini qo'lga oldi va tayinlanganidan keyin olti oy o'tib Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi. Mavsum boshida esa murabbiy ingliz klubidan iste'foga chiqarildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Canal+