PSJ sport direktori: “Ronalduni sotib olishga qurbimiz etadi”

Eldor Akmurzayev
10 noya 2020, 19:20
Parijliklar rahbariyati vakili Leonardo “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduning transferi haqida gapirdi.

“Ronalduni sotib olishga urinib ko'rsa bo'ladimi? Bugungi kunda futbolda nima bo'lishini bilmaymiz. Balki, ertaga Krishtianu uyqudan turib, boshqa joyda o'ynashni xohlashini aytishi mumkin.

Ronalduni qo'lga kiritishga kimlarda imkon bor? Kam sonli klublar. PSJ ularning qatoridadir. Odatda bu imkon, vaziyatlarga borib taqaladi.

Transfer oynasiga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. O'z ustuvor vazifalarimiz, ro'yxatlarimiz bor, ammo kutilmagan voqea ham yuz berishi mumkin”, deydi Leonardo.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru