PSJ Son uchun 80 million evro tayyorlamoqda

Sherzod Nurmatov
14 noya 2022, 15:55
Londonning "Tottenxem" klubi yetakchilaridan biri Son Xyon Min faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.

"El Nacional" jurnalistlarining yozishicha, PSJ koreyalik hujumchining yangi ish joyiga aylanishi mumkin.

Parij top-klubi hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Sonning nomzodini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Liga 1 chempioni Sonni sotib olish uchun 80 million evro ajratishga tayyor.

O'z navbatida, "shporlar" tovon pulidan qanoatlansa, hujumchini sotishga qarshi emas.

Son joriy mavsum 19 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional