

PSJ sobiq bosh murabbiyi Qatarning “Al-Rayan” klubida ish boshlashi mumkin. Qatar klubi vakillari francuz mutaxassisi bilan muzokara olib borishga ulgurgan.
Blanning so'nggi ish joyi PSJ bo'lgandi. Lora 2013-2016 yillarda parijliklar bilan 3 bor Fransiya chempionligini qo'lga kiritgan. Shuningdek, 3 martadan Fransiya Liga Kubogi va Superkubogini, 2 bora mamlakat kubogiga ega chiqqan. Blan, shuningdek, “Bordo” va Fransiya terma jamoasida ham ishlagan.



