PSJ Shkrinyarning transferi uchun 60 mln evrodan kam mablag' taklif qilmoqda. "Inter" bonuslar bilan 80 mln xohlamoqda

Alisher
17 avg 2022, 12:30
PSJ hali ham Milan Shkrinyarni xarid qilmoqchi.

Parij klubi "Inter" bilan 27 yoshli himoyachining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Klublar xarid narxini kelisha olishmayapti – milanliklar bonuslar bilan birga 80 million evro olishmoqchi, parijliklar esa 60 million evrodan kam to'lashga tayyor.

Shkrinyarning "Inter" bilan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien