PSJ Saudiya Arabistonidagi uchrashuvdan qancha mablag' ishlab oladi?

Mirjalol Normatov
17 yanv 2023
19 yanvar kuni PSJ Saudiya Arabistonida "Al Hilol" hamda "Al Nasr" jamoalarining qo'shma tarkibi bilan uchrashuv o'tkazadi.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, PSJga ushbu uchrashuvni o'tkazish uchun 10 mln evro o'tkazib beriladi.

Eslatib o'tamiz, PSJning Saudiya Arabistonidagi bahsi 22:00da start oladi. Qayd etish kerak, ushbu uchrashuvda hali "Al Nasr"da debyutini amalga oshirmagan Krishtianu Ronaldu mezbonlarning sardori bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal