Ana xolos. Ronaldu PSJga o'tishi mumkin

Alisher
25 noya 2019, 16:16
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, PSJ portugaliyalik futbolchini sotib olishdan manfaatdor. Klub sport direktori Leonardo Ronaldu uchun turinliklarga allaqachon taklif tayyorlab qo'ygan. 

Parijliklar "keksa sinora"ga 100 million evro va 34 yoshli hujumchiga yiliga 45 million evro to'lashga tayyor.

Avvalroq, "Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi bosh murabbiy Mauricio Sarri va Ronaldu o'rtasida mojaro yuz bergani haqidagi ma'lumotni rad etgan edi.

Portugaliyalik 2018 yil yozida "Real"dan Turin klubiga ko'chib o'tgandi. U jamoa tarkibida Italiya chempioni bo'lishga ham ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato