PSJ prezidenti: "Yuventus" - bizning Chempionlar ligasidagi asosiy raqib"

Tolibjon Qosimov
12 sen 2018, 19:47
PSJ prezidenti Nossir Al-Xelayfi Chempionlar ligasida kimni jamoasining asosiy raqibi deb hisoblashini aytdi.

"Yuventus" Krishtianu Ronaldu bilan evrokuboklarda bizning asosiy raqibimiz bo'ladi", - dedi Al-Xelayfi.

PSJ YCHL guruh bosqichida "Liverpul", "Napoli" va "Crvena Zvezda" bilan o'ynaydi.

"Yuventus" esa "Manchester Yunayted", "Valensiya" va "Yang Boyz" bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football-italia.net