“PSJ” prezidenti: “Veratti sotilmaydi”

Aslanov Jasurbek
23 fev 2017, 23:50
“PSJ” prezidenti Nosir Al Xalafiyning takidlashicha, klub rahbariyati hech qanaqa pul evaziga yarim himoyachi Marko Verattini sotmaydi.

“Veratti aniq sotilmaydi va jamoani tark etmaydi”, deydi Al Xalafiy.

Ilgariroq 24 yoshli italiyalik yarim himoyachi uchun Yevropaning top klublari qiziqish bildirayotganini futbolchining agenti tasdiqlagan edi.

Eslatib o'tamiz, Veratti “PSJ”da 2012 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar amalda bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia