

"Agar biror kishi bilan shartnoma tuzsak, bu haqda e'lon qilgan bo'lardik. Bugungi kunda bizda murabbiy bor, u "Monako"ga qarshi bahsda jamoani boshqardi.
Keling bugun pozitiv bo'laylik. Chempionga aylandik va bu juda ajoyib. Hammadan minnatdorman.
Mavsum yakunlanganicha yo'q, mamlakat Kubogini qo'lga kiritish kerak. Chempionlar ligasi - bizning katta maqsadimiz, biroq unga erishish oson emas. Ter to'kib ishlayapmiz, ammo boshqa klublar ham shunday. Bugun o'zimizdan faxrlanamiz" - deydi Al-Helayfi.



