PSJ prezidenti: "Asosiy maqsad - bu va keyingi mavsum CHLda g'olib bo'lish"

Aslanov Jasurbek
25 avg 2017, 17:12
PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfining ma'lum qilishicha, jamoaning oldiga bu yoki keyingi mavsumda Chempionlar ligasida g'olib bo'lish vazifasi qo'yilgan.

"Bu haqda gapirishga hali erta, ammo orzuimiz va asosiy maqsadimiz - Chempionlar ligasida g'olib bo'lish. Unga erishish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik. Bizga qarshi katta tajribaga ega ko'plab grandlar o'ynashadi, shunday ekan bu yil bo'lmasa, keyingi yil g'olib bo'lishga umid qilyapmiz. Men kelgunimgacha klubda bo'lgan ishlarni juda hurmat qilaman. Bu yerda ajoyib prezident va futbolchilar bo'lgan. Ammo klubning yangi tarixini yozish uchun juda ko'p ishlarni bajardik" - deydi Al-Helayfi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS