PSJ posboni "Real"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
1 sen 2019, 12:12
PSJ darvozaboni Alfons Areola "Real"ga o'tishga yaqin turibdi.

"RMC" xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi "Real" uchun tibbiy ko'rikdan ham o'tib bo'lgan. Qayd etilishicha, "Real" va PSJ Keylor Navas hamda Alfons Areolani almashtirishadi.

Oldinroq Alfons Areola Fransiya chempionatining 4-turida "Metc"ga qarshi bahsda zaxirada qolgandi. Buning sababi sifatida aynan shu holat keltirildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC