PSJ Paulo Dibala bilan 3 kun ichida shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
19 avg 2019, 11:26
PSJ "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala bilan shartnoma imzolashni xohlayapti.

"Pari Sen-Jermen" rahbariyati Turin klubi vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda va argentinalik uchun 80 million evro taklif qildi.

Parijliklar sport direktori Leonardo Dibala bilan 21 avgustdan kechiktirmay shartnoma imzolamoqchi.

Argentinalik o'yinchi o'ziga bo'layotgan e'tiborsizlik va o'yin amaliyoti kamligi sabab klubdan ketishni xohlamoqda.

Dibala yakunlangan mavsum A Seriyada 30ta o'yin o'tkazib, 5ta gol va 6ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail