PSJ o'z qitalarida chempion bo'lgan futbolchilarini taqdirladi

Aslanov Jasurbek
25 avg 2021, 00:20
Ular orasida Kopa Amerika va Evro g'oliblari bor.

PSJ klubi shu yil o'tkazilgan qita chempionatlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan futbolchilarini taqdirladi. Sovrinda Yevropa yoki Janubiy Amerika qitalari shakli va to'p tasvirlangan. Lionel Messi, Anxel Di Maria, Leandro Paredes, Marko Veratti va Donnarumma ushbu sovrinlarni qabul qilib olishdi.

Eslatib o'tamiz, bu yilgi Amerika Kubogida Argentina termasi zafar quchgan bo'lsa, Yevropada Italiya jamoasi tengsizligini isbotlagandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: psg.fr