PSJ Nunu Mendesh bilan yangi shartnoma imzolaydi

Omonjon To`xtamirzayev
13 noya 2024
Himoyachi Nunu Mendesh yaqin kelajakda PSJdan ketmoqchi emas.

Ma'lum bo'lishicha, yaqin kunlarda Parij klubi portugaliyalik bilan yangi bitim imzolaydi. Tomonlar barchasini kelishib olishgan va buyog'i vaqt masalasi.

Eslatib o'tamiz, Nunu Mendesh 2021 yildan buyon PSJ sharafini himoya qiladi. O'shanda qator klublar qiziqqan himoyachi "Sporting"dan aynan Fransiya poytaxtiga ko'chib o'tgandi.

Avvalroq, PSJ Tibo Kurtuani sotib olishga urinib ko'rmoqchiligi haqida xabar bergandik. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: DeadlineDayLive