PSJ muxlislari "Makkabi"ga qarshi o'yinda siyosiy banner ko'tarishdi

Aziz Tukhtamuradov
26 okt 2022, 07:29
PSJ muxlislari Chempionlar ligasining Isroil klubiga qarshi o'yinida Falastinni qo'llab-quvvatlashdi.

Parijliklar uchrashuvda 7:2 hisobida g'alaba qozonishdi. 

Tarkiblar e'lon qilinayotgan paytda "Park de Prens" stadionidagi muxlislar Falastin bayrog'i va ramzlari tushirilgan atributkalarni ko'tarib chiqishdi. Bayroqlar mehmonlar uchun atalgan va jamoalar chiqib keladigan tribunalar oldiga ilingandi. 

Ikkinchi bo'limda esa muxlislar "G'azo bor, G'azo qarshilik ko'rsatmoqda, erkin Falastin" yozuvli bannerni ko'rsatishdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/le_Parisien_PSG