

Ma'lumotlarga ko'ra, parijliklar ispaniyalik uchun 60 mln. evro, futbolchining o'ziga esa yiliga 9 mln. evro to'lashga tayyor. Bu Morataning hozirgi maoshidan ikki baravar ko'p. "Arsenal" ham futbolchi uchun 60 mln. evro taklif qilmoqda.
Ammo ikkala klub ham "Yuventus" bilan emas o'yinchi transfer huquqini 30 mln. evroga sotib olishi mumkin bo'lgan "Real" bilan bog'lanishgan. Ispan grandi "Yuventus"ga o'z tarbiyalanuvchisini qaytarmoqchi ekanligini ma'lum qilgan. Morata ham klubini o'zgartirishga qarshi emas.



