PSJ moliyaviy feyr-pleyni buzganmi?

Aslanov Jasurbek
12 apr 2018
PSJ rasmiy saytida klub moliyaviy feyr-pleyni buzgani haqidagi mish-mishlar borasida bayonot berdi.

Oldinroq, Britaniyaning Financial Times nashri Parij klubi homiylik daromadlarini 200 mln. evroga oshirib yozgani haqida xabar qilgan edi.

"UEFA va PSJ o'rtasidagi rejalashtirilgan uchrashuvdan bir necha kun oldin Britaniya matbuotida klubimiz haqida noto'g'ri ma'lumot tarqalganidan afsusdamiz.

UEFA klubimizdagi moliyaviy holat bilan juda yaxshi tanish va hamkorlarimiz bilan imzolangan shartnoma mablag'lariga shubha qilmaydi" - deyiladi bayonotda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: psg.fr